Surxon davlat qo'riqxonasi

Surxon davlat qo'riqxonasi

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan 2 mustaqil maydondan — Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻri va Paygʻambaroboddan iborat qoʻriqxona.

Orol-Payg'ambar bo'limi 3092 ga yer maydonni egallab, u 1971- yil xalqaro va O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"dan o'rin olgan Buxoro bug'usi (Xongul)ni vodiy-to'qayzorlarida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga binoan Orol - Payg'ambar bo'limi chegara xizmati tasarrufiga berilgan.

1986-yilda Ko'hitong davlat buyurtma qo'riqxonasi Orol-Payg'ambar qo'riqxonasi bilan qo'shilib, 24554 ga maydonga ega Surxon davlat qo'riqxonasi tashkil topgan, ushbu yer maydonining 9284 gektari o'rmonzorlar bilan qoplangan. Qo'riqxona yo'qolib ketish arafasida turgan Marxur va Buxoro qo'yini saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. 2004 yilgi hisobot natijalariga ko'ra qo'riqxona hududida 160 bosh Marxur va 24 bosh Buxoro qo'yi borligi aniqlangan.

Qo'riqxonada 578 xil o'simlik turlari o'sadi, ulardan 22 xili O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan. Shundan 17 turi efir moyli, 13 - oziq-ovqat bob, 11 - manzarali, asal saqlovchilar va boshqalardir.

Hayvonot olami xilma-xil: 60 turdagi sutemizuvchilar, 290 turdagi qushlar Surxon davlat qo'riqxonasida istiqomat qiladi. Bulardan Buxoro qo'yi, Marxur, jayron, Turkiston silovsini, echkiemar, kapcha ilon, Turkiston oq laylagi, qora laylak, burgut, boltayutar, oq boshli qumoy, tasqara, ilonburgut va mallabosh lochinlar xalqaro va O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgandir.

Surxon davlat qo'riqxonasining manzili: 133100, Surxondaryo viloyati, Sherobod shahri, Ogohiy ko'chasi, 1.

 

Surxon davlat qo'riqxonasi Real sayohatlar

Audio va video

Surxon davlat qo'riqxonasi Google xaritada

Surxon davlat qo'riqxonasi xaritada