Hisor davlat qo‘riqxonasi

Hisor davlat qo‘riqxonasi

Hisor davlat qo‘riqxonasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. U O'zbekiston qo‘riqxonalari orasida eng kattasi hisoblanadi, uning maydoni 80,9 ming gektarga teng.

Hisor davlat qoʻriqxonasi 1983-yilda Qizilsuy tog'-o'rmon qoʻriqxonasi Miraka bilan birlashishi natijasida paydo bo'lgan. G'arbiy Hisorning yuqori kamarining butun tabiiy kompleksini va yuqori Qashqadaryo basseynining asosiy suv to'plash joyini o'z ichiga olgan. 

Bu yerda O'rta Osiyo kobrasi, qor barsi va boshqa hayvonlar qo'riqlanadi.

"Hisor davlat qo'riqxonasi" nomli pochta markasi

O'zbekiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantishda barcha davlat tashkilotlari o'z xissasini qo'shmoqda. Shu jumladan, Respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi keng jamoatchilik e’tiborini mamlakat milliy tabiat boyligiga qaratish maqsadida 2016-yil yanvar oyidan e'tiboran "Hisor davlat qo'riqxonasi" nomli pochta markasini muomalaga kiritdi.

Turkum 4 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Hisor davlat qo'riqxonasida yashovchi va O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonlar tasvirlangan.

Pochta blokida o'zbek tilida lotin grafikasida "Hisor davlat qo'riqxonasi" yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog'ozi oq silliq. Pochta markalarning o'lchami 37x37 mm. Pochta blokining o'lchami 100x90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarining o'lchami 37x37 mm.

Hisor davlat qo‘riqxonasi Real sayohatlar

Audio va video

Hisor davlat qo‘riqxonasi Google xaritada

Hisor davlat qo‘riqxonasi xaritada