03 fevral 2018
Ba'zida sayohat vaqtida bizda yurgan yo'limizni yozib borish va obyekt ko'rsatgichlarini xaritaga tushirish istagi paydo bo'ladi.
Bu kelajakda ushbu maskandan o'tishni osonlashtiradi va do'stlarimiz bilan marshrutni baham ko'rish imkoniyatini beradi.
Bu eslatmada "Народная карта"da ko'cha nomini belgilash qanday amalga oshirilishini ko'rsatib o'taman.
Avvalambor, nomi hali qayd etilmagan ko'chani bir qismini tanlaymiz va uni tahrirlashga kirishamiz (изменить yoki Ctrl+E).
"Улица" yozuvi yoniga ko'cha nomini kiritamiz.
Agar ko'cha ushbu aholi punktida hali qayd etilmagan bo'lsa, "Создать новую улицу" degan yozuvli quti paydo bo'ladi. Shuni ustiga bosamiz.
Ko'cha bu bilan yaratildi hisoblanadi. O'zgarishlarni saqlaymiz, so'ngra ko'cha nomi ustiga bosamiz.
Ko'cha obyekti ko'z oldimizda ochiladi. Bu obyektni tahrirlab, ko'chaga qo'shimcha uchastkalarni biriktirishimiz va ko'cha nomlarini boshqa tillarda berishimiz mumkin.
Yo'l uchastkalarini ushbu rejimda belgilash, ularning ustiga bir marotaba bosish orqali amalga oshirilinadi.