19 yanvar 2018
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati O‘zbekiston fuqarolari uchun Samarqand viloyati mehmonxonalarida chegirmalar berilayotgani haqida ma'lum qildi.
Mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish, hamda bu orqali fuqarolarni tarixiy obidalar va madaniy me'ros obyektlariga tashrif buyurishlarini ta'minlash maqsadida ushbu chegirmalar joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati xokimligi bilan hamkorlikda joriy yilning 10 mart sanasiga qadar Samarqand viloyatidagi mehmonxonalarida 25 foizgacha chegirmalar e'lon qilinadi.