Eco World News
Sha 30

Turizm sohasidagi eng yaxshi sayt

30 dekabr 2017

2017 yilning 27 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Milliy internet tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Milliy internet tanlovi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish hamda yurtimizdagi islohotlarni internet tarmog‘ida keng yoritishda yoshlar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yirik media loyiha hisoblanadi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad —sifatli internet-resurslarini yaratish, ommalashtirish, axborot madaniyatiga ega, xavfsiz internet muhitiga ega axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga hissa qo‘shish, iqtidorli va ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, yosh veb-dizayner va dasturchilarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning keyingi faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish, internetning yoshlar uchun mo‘ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Anketalar tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda 2017 yilning 1 - 23 dekabr kunlari qabul qilindi. Tanlovga jami 405 anketa kelib tushdi. Tanlovning 11 nominatsiyasi bo‘yicha 11 g‘olib aniqlandi.

Ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan, goTrip.uz sayti “Turizm sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Fikr bildiring

Email manzilingiz hech kimga koʻrsatilmaydi. Majburiy boʻlimlar * bilan belgilangan.

Ism

E-mail

Xabar matni

Search news

OUR REPORTS

MORE REPORTS