23 avgust 2017
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Bahrom Qo'chqorov Toshkent shahrida daraxt va butalarni kesilishini tasdiqlashning yangi mexanizmini joriy qiluvchi buyruq imzoladi. Bu haqida qo'mita axborot xizmati xabar berdi.
2017-yil 7-avgustda № 126-sonli chiqarilgan buyruqga asosan, bundan keyin biologik xilma-xillikni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar saqlash va foydalanish bo'yicha Mintaqaviy inspektsiya tomonidan Toshkent shahrida daraxt va butalarni kesilishini tasdiqlash rasmiylashtiriladi, maxsus tuzilgan Ishchi guruh tomonidan - tasdiqlash ustidan nazorat olib boriladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o'rinbosari boshchiligidagi, Ishchi guruh tarkibiga Bioinspektsiya va qo'mitaning jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo'limi xodimlari kiradi. Tuman hokimiyat yoki "Yagocha darcha" markazlari tomonidan olingan daraxt kesish talabnomalari bir kun ichida Mintaqaviy inspektsiyaga jo'natilinadi. Ular joyga chiqib daraxtlar holatini o'rganadi, xulosa, tekshirish to'g'risada akt, sxema, fotomateriallar tayyorlaydi va besh kun ichida barcha materiallarni Ishchi guruhga tasdiqlash uchun berishi kerak bo'ladi. Xulosalar Ishchi guruh vakillari tomonidan diqqat bilan o'rganilganidan so'ng protokol qarori bilan tasdiqlanadi. Tayyorlangan xulosalar asossiz bo'lgan taqdirda, ular bekor qilinishi yoki Mintaqaviy inspektsiyaga yangi qo'shimcha o'rganish uchun qaytarilishi mumkin. Tasdiqlangan xulosalar bir kun ichida Ekologiya va atrof-muhitni qo'riqlash bo'yicha Toshkent shahri boshqarmasiga yo'llanadi. Ekologiya, atrof-muhitni qo'riqlash va chiqindilar aylanmasi fondiga mablag'lar kelib tushganidan so'ng, Toshkent shahri bo'yicha daraxtlar kesilishiga berilgan xulosalar bir kun mobaynida tuman hokimiyatiga yo'llanadi.
Shu bilan birga, Mintaqaviy inspektsiyasi tomonidan daraxtlar kesilishiga berilgan ruxsatnomalar, shuningdek quriyotgan va tabiiy zararkunandalar va kasalliklar bilan qattiq shikastlangan daraxt va butalarni kesish qarorlari, bo'yicha ro‘yxatga olish kitobi tuziladi. Unda kesish amalga oshirilayotgan joyning aniq manzili, muddati va daraxt va butalar turlari ko'rsatilinadi.
Ushbu ro‘yxatga olish kitobi uznature.uz - Davlat ekologiya qo‘mitasi rasmiy veb-saytida joylashtirilinadi va har hafta yangilanib boradi.