Stixiya festivali

Stixiya festivali

27 may 2019

"Stixiya" abstrakt elektron musiqa festivali – bu yil 23-24 avgust kunlari Moʻynoq kemalar qabristonida (Qoraqalpogʻiston) boʻlib oʻtadi.

"Quritilgan dengiz qirgʻogʻidagi festival ijodiy shaxslar uchun juda katta ahamiyatga ega va oʻzingizni eng yaxshi versiyasini aks ettirish imkoniyatidir. Shuning uchun, biz "Stixiya" ichki izlanish kuchaytirgichi, masʼuliyat va umid ovozi boʻlishini istaymiz " deyishmoqda tashkilotchilar.

Mashhur dijeylar tadbirda chiqish qilishi kutilayotgan festivalning missiyasi - jahon hamjamiyatining Orolboʻyi mintaqasi muammosi haqida xabardorligini oshirish va Orol dengizining jonlanishiga hissa qoʻshishdan iborat.

Bu yilgi tadbir Oʻzbekiston davlat turizm qoʻmitasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, ikkinchi bor oʻtkaziladi.