Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi

Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi

O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimiga kiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.

Qo‘riqxona Chotqol tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan. Qo‘riqxona hududida qo‘ng‘ir ayiq, oq tirnoqli ayiq, Sibir tog‘ echkisi, bug‘u, to‘ng‘iz, qoplon, ko‘k sug‘ur, qizil bo‘ri, Turkiston silovsini, jayra, qora tasqara, qora kalxat, burgut  kabi jonivorlar muhofazaga olingan.

Ugom va Chotqol tog‘ tizmalari oralig‘idagi katta hududni  Ugom–Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i tashkil etadi. Bu joylarda bolalar va kattalar dam olishi uchun ko‘plab dam olish maskanlari barpo etilgan.

Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.

Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda.

 

Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi Real sayohatlar

Audio va video

Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi Google xaritada

Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi xaritada